Выберите язык

1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim sohasi vakillarining jamiyat taraqqiyotidagi munosib hissasi e’tirof etilmoqda.

Shu munosabat bilan Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Bektemirov Xamro Solayevich O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan ta’sis etilgan “Iste’molchilar huquqi himoyachisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Mazkur e’tirof ta’lim-tarbiya sohasidagi samarali faoliyat, iste’molchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda yosh avlodni huquqiy bilim va mas’uliyat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi hamkorlik va xizmatlarning munosib bahosi sifatida qayd etildi.

Taqdirlash marosimida ta’lim va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohalari o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Bektemirov Xamro Solayevichni ushbu yuksak e’tirof bilan muborakbod etamiz!

Ustoz va murabbiylar kunida bildirilgan ushbu e’tirof kelgusidagi faoliyatga yanada kuch va ilhom bag‘ishlashiga tilakdoshmiz.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening