Выберите язык

Xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar ayrim hollarda bandlik xizmatlari bilan bog‘liq turli muammolarga duch kelishmoqda. Ana shunday murojaatlardan biri Federatsiyaga kelib tushib, o‘rganish va muzokaralar natijasida iste’molchining qonuniy talabi qanoatlantirildi.
Jumladan, joriy yilning 19-may kuni Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali fuqaro M.J. tomonidan murojaat kelib tushdi. Murojaatda fuqaro Slovakiya davlatida mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida Mirobod tumani Istiqlol ko‘chasida joylashgan “NAIMIX” xususiy bandlik agentligi bilan 2024-yil 22-iyul kuni shartnoma imzolaganini ma’lum qilgan.
Murojaatda qayd etilishicha, shartnoma shartlariga ko‘ra fuqaro uch oy muddat ichida ishga yuborilishi lozim bo‘lgan. Biroq oradan ancha vaqt o‘tganiga qaramasdan, agentlik tomonidan uning Slovakiya davlatiga jo‘natilishi ta’minlanmagan. Shu sababli fuqaro shartnomani bekor qilish hamda to‘langan pul mablag‘larini qaytarib olishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.
Mazkur murojaat Toshkent shahar hududiy birlashmasi tarkibidagi Mirobod tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati hodimlari tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar davomida agentlik vakillari bilan muzokaralar olib borilib, iste’molchining qonuniy talablari yuzasidan tegishli tushuntirish ishlari amalga oshirildi.
Ko‘rilgan choralar natijasida tomonlar o‘rtasida kelishuvga erishilib, fuqaro M.J. foydasiga 4 million 250 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari qaytarib berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening