Выберите язык

⚡️Yakkabogʻ tumanida 3 oydan buyon ish haqisiz ishlab kelgan bogʻcha tarbiyachisining murojaati ijobiy hal etildi 

Ish haqi har bir xodimning mehnati evaziga oladigan qonuniy daromadi boʻlib, uning turmush farovonligini taʼminlashda muhim oʻrin tutadi. Oylik ish haqi nafaqat xodimning moddiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi, balki mehnatga boʻlgan qiziqish va masʼuliyatni ham oshiradi.

Maʼlum boʻlishicha, Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro V.H tumandagi "Jajji olmoschalar" xususiy bogʻchasida tarbiyachi boʻlib ishlab kelgan. Tarbiyachi ayolga bogʻcha maʼmuriyati tomonidan 2026- yil 3 - oy davomida oylik ish haqi toʻlanmaganligi aniqlandi. 

Isteʼmolchi boʻlib oʻtgan voqealikdan norozi boʻlib Yakkabogʻ tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlariga amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan.

Tuman jamiyati xodimlari tomonidan murojaat qonun doirasida oʻrganilib, xususiy bogʻcha mudirasi bilan yuzma-yuz boʻlib suhbatlashib olindi va isteʼmolchini 3 oylik 9 000 000 soʻm miqdoridagi ish haqini toʻlab berilishiga amaliy yordam koʻrsatildi.

✅ Shu bilan birga, mehnat huquqlarining taʼminlanishi va ish haqi bilan bogʻliq masalalarning qonuniy yechim topishida Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlarining ham oʻrni beqiyosdir.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening