Выберите язык

Bugun Yakkasaroy tumanida joylashgan 358-, 359- va 116-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlarida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Toshkent shahar hududiy birlashmasi  raisining 2026-yil 21-sentabrdagi 05/06-17-ich-sonli buyrug‘iga asosan tarbiyalanuvchilarning ota-onalari ishtirokida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
Mazkur so‘rovnomadan ko‘zlangan asosiy maqsad maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, yaratilgan shart-sharoitlar hamda ota-onalarning mavjud xizmatlarga munosabati va fikr-mulohazalarini o‘rganishdan iborat. So‘rovnoma jarayonida ota-onalarning taklif va mulohazalarini tinglash, ularni qiziqtirayotgan masalalarni aniqlash hamda iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan fikrlarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘tkazilayotgan ijtimoiy so‘rovnoma natijalari maktabgacha ta’lim xizmatlari sifatini yanada yaxshilash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi iste’molchilarning fikr va takliflarini o‘rganish orqali ularning manfaatlarini himoya qilish hamda xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening