Выберите язык

        Tumandagi “Chuya” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro Hakimov Davron tomonidan tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat yo‘llandi. U 1 500 000 (bir million besh yuz ming) so‘mga Navoiy shahrida joylashgan “Yangi hayot” savdo kompleksidan sotib olgan plisos nosoz bo‘lib chiqqanini bildirgan.

       Fuqaro ushbu holatda nima qilishni bilmay, mahsulotni yangisiga almashtirib olish yoki pulini qaytarib berishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.

Mazkur murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar davomida “Yangi hayot” savdo kompleksi rahbariyatiga O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 26 aprel kungi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyati hamda fuqaro Hakimov Davronning iste’molchi sifatidagi huquqlari batafsil tushuntirildi.

       Natijada “Yangi hayot” savdo kompleksi tomonidan fuqaro Hakimov Davronga 1 500 000 so‘mlik xuddi shunday yangi mahsulot almashtirib berildi.

Mazkur yordamdan mamnun bo‘lgan fuqaro o‘z minnatdorligini bildirib, jamiyat mutaxassislariga tashakkur izhor etdi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening