Выберите язык

Yangi Namangan tumani jamiyati tomonidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Yangi Namangan tumani jamiyati tomonidan tumandagi 71-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi xodimlari ishtirokida iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga iste’molchi sifatida o‘z huquqlarini bilish, kundalik hayotda duch kelinadigan masalalarda qonuniy manfaatlarini himoya qilish tartiblari hamda sohadagi yangiliklar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, fuqarolarning murojaatlarini tezkor qabul qilish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida faoliyat yuritayotgan
1091 — “Ishonch telefoni” haqida ham tushuntirishlar berilib, iste’molchilar o‘z murojaatlari bilan mazkur xizmatga murojaat qilishlari mumkinligi qayd etildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening