Выберите язык

Iste’molchilarning murojaatlarini o‘rganish va ularning qonuniy huquq hamda manfaatlarini himoya qilish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Shovot tumani Ijtimoiy MFYda yashovchi fuqaro Q.T. Shovot tumanida faoliyat yuritayotgan avtomobil ustaxonasiga murojaat qilib, avtomobiliga yoqilg‘i sarfini kamaytirishga mo‘ljallangan dasturiy ta’minotni 500 000 (besh yuz ming) so‘m evaziga o‘rnatgan.

Biroq dastur o‘rnatilganidan so‘ng avtomobilning yoqilg‘i sarfida kutilgan o‘zgarish kuzatilmagan. Bundan norozi bo‘lgan fuqaro Shovot tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga og‘zaki ravishda murojaat qilgan.

Mazkur murojaat Shovot tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish davomida iste’molchining murojaatida ko‘rsatilgan holatlar ko‘rib chiqilib, uning qonuniy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

Natijada fuqaro Q.T. tomonidan xizmat uchun to‘langan 500 000 so‘m mablag‘ to‘liq qaytarib berildi va murojaat ijobiy hal qilindi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening