«Doʻstlik uyi» binosida OXQ va mahalliy yoshlar, masʼul mutaxassislar ishtirokida oʻtkazilgan seminarda yosh avlodning bilim olishi va zamonaviy texnologiyalarni oʻzlashtirishida muhim yangilik – «AI-BEK» nomli maxsus platforma keng jamoatchilikka tanishtirildi.
Ushbu tashabbus – yoshlar uchun zarur boʻlgan intellektual imkoniyatlarni kengaytirishga, oʻquvchilarning bilim darajasini yaxshilashga qaratilgan zamonaviy raqamli ekotizim hisoblanadi.
«AI-BEK» platformasining asosiy maqsadi va oʻziga xos xususiyatlari.Suhbat vaqtida taʼkidlanganidek, bu programma yosh oʻsmirlarga tayyor javobni berish emas, balki ularga tushunish, mustaqil qaror topish va barqaror rivojlanish koʻnikmalarini shakllantirishga moʻljallangan.
BEK formulasiga tayangan: «Bilim + Eʼtibor + Kelajak» – tizim oʻquvchi uchun shaxsiy yordamchi, ota-ona uchun nazorat va oʻqituvchi uchun chuqur tahlil quroli boʻlib xizmat qiladi.
Maktab dasturiga moslashgan: Oʻquvchilarning maktab darslarini chuqurroq oʻzlashtirishi va fanlar boʻyicha bilimlarini mustahkamlashi uchun qulay imkoniyatlar yaratadi.
Raqamli taʼlim imkoniyatlari: Yoshlarning zamonaviy IT yoʻnalishlaridagi tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga va taʼlim sifatini yangi bosqichga koʻtarishga xizmat qiladi.
Tadbirda taʼkidlangan asosiy yoʻnalishlar yoshlar va masʼul qaniqelar ishtirokida oʻtgan bu bosqichda yoshlarning fikr-takliflari tinglandi.
Programmaning amaliy ahamiyati, uni maktab taʼlimiga kiritish va yoshlar orasida keng targʻib qilish boʻyicha quyidagi vazifalar belgilandi: Yoshlarning intellektual qobiliyatlarini oshirishda shunday raqamli platformalarning oʻrni yuqori ekanligi taʼkidlandi.
Oʻquvchilarning mustaqil fikrlash, aqliy oylash qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan interaktiv usullar muhokama qilindi. Qoraqalpogʻistonda 2026-yilgi start doirasida bu loyihaning mahalliy maktablarga va yoshlarga beradigan foydalari tushuntirildi.
Jurnalist fikri:
Ushbu uchrashuv va yangi platforma – yoshlar uchun mahalliy tashabbuslarning amaliy koʻrinishi boʻldi. «AI-BEK» singari intellektual tizimlarning ishlab chiqilishi va turmushga kiritilishi – elimizda yosh avlodning sifatli bilim olishiga, zamonaviy kasb-hunar va texnologiyalarni oʻzlashtirishiga keng yoʻl ochib beradi.
Zamonaviy ta'limda yangi davr: "AI-BEK" maktab dasturiga moslashgan intellektual tizimi tanishtirildi
- Информация о материале
- Автор: Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 41
























