Выберите язык

   2026-yil 25-sentyabr kuni Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi a’zolari, faollari hamda tayanch guruhlari rahbarlari ishtirokida umumiy hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
⚖️ Yig‘ilish davomida Federatsiya tizimining besh yillik faoliyati sarhisob qilinib, amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida olib borilgan sa’y-harakatlar haqida fikr almashildi.
🔹 Tadbirda tayanch guruhlari rahbarlarining faoliyati ham alohida e’tirof etildi. Faol ishtirok etib, jamoatchilik bilan ishlashda tashabbus ko‘rsatgan tayanch guruhlari rahbarlariga esdalik sovg‘alari topshirildi va viloyat konferensiyasiga nomzodlar saylandi.
🤝 Yig‘ilish yakunida kelgusidagi vazifalar belgilab olinib, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish hamda Federatsiya faoliyatini yanada takomillashtirish borasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening