Выберите язык

      2026 yil 27 mart kuni Zarafshon shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan dorixonalarda DMET ilovasi orqali iste’molchilarga dori-darmon vositalarini berish tartibi o‘rganildi.O‘rganish jarayonida aholiga dori vositalarini taqdim etishda belgilangan tartiblarga rioya etilishi, ilova orqali xizmat ko‘rsatish sifati hamda fuqarolarga yaratilgan qulayliklar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, davlat tomonidan bepul berilishi lozim bo‘lgan dori-darmon vositalari bilan ta’minlash masalalari ham alohida e’tiborga olindi.Tadbir davomida bir nafar fuqaroning davlat tomonidan bepul beriladigan dori vositalari yuzasidan qilgan murojaati joyida ijobiy hal etilib, unga zarur dori-darmon vositalari yetkazib berilishi ta’minlandi.     Mazkur o‘rganish ishlari iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, tibbiy xizmatlar sifati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening