Выберите язык

Ko‘pchilik zargarlik buyumini xarid qilganda faqat buyumning tashqi ko‘rinishi va narxiga e'tibor beradi. Aslida esa iste'molchining eng muhim huquqlaridan biri — tovar chekini olish hisoblanadi. Aynan ushbu hujjat keyinchalik buyumni almashtirish, nuqson aniqlansa murojaat qilish yoki boshqa nizoli holatlarda sizning xaridingizni tasdiqlovchi asosiy dalil bo‘lib xizmat qiladi.
Amaldagi qoidalarga ko‘ra, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar sotilganda xaridorga ikki nusxada tovar cheki rasmiylashtiriladi. Bundan tashqari, sotuvchi nazorat-kassa mashinasi yoki onlayn nazorat-kassa mashinasi orqali fiskal chekni ham taqdim etishi shart.
Tovar chekida nimalar ko‘rsatilishi kerak?
Xaridorga beriladigan tovar chekida quyidagi ma'lumotlar bo‘lishi lozim:
🔹 buyumning nomi;
🔹 artikuli;
🔹 og‘irligi;
🔹 sotilgan sana;
🔹 sotuvchi xodimning imzosi;
🔹 savdo korxonasining muhri (yoki shtampi).
Mazkur ma'lumotlar xarid qilingan buyumning aynan qaysi mahsulot ekanligini tasdiqlaydi.
Nega tovar chekini saqlash muhim?
Agar buyumda ishlab chiqarish nuqsoni aniqlansa yoki sifati yuzasidan e'tiroz tug‘ilsa, tovar cheki iste'molchining huquqlarini himoya qilishda muhim ahamiyatga ega. Chek bo‘lmasa, xarid faktini isbotlash ancha qiyinlashishi mumkin.
Iste'molchiga tavsiya
✔️ Zargarlik buyumini xarid qilganingizda tovar chekini va fiskal chekni albatta oling.
✔️ Chekdagi ma'lumotlarning buyumga mosligini tekshiring.
✔️ Ushbu hujjatlarni kafolat muddati davomida saqlab qo‘ying.
Huquqingizni biling! Xaridni tasdiqlovchi hujjatlar sizning qonuniy himoyangizdir.

Toshkent viloyati iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi matbuot xizmati

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening