Taxiatosh tumanida xizmat ko'rsatish obektlarida monitoring va o'rganish ishlari davom etmoqda.
- Информация о материале
- Автор: Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 14
Monitoringning asosiy yo'nalishlari:
Xizmat sifati va sanitar-gigiyena: "Gardeniya" va "Feruza" go'zallik salonlarining, shuningdek, erkaklar sartaroshxonalarining xizmat ko'rsatish sifati o'rganildi.
Hujjatlar va sertifikatlar: Xizmat ko'rsatishga tegishli rasmiy hujjatlar nazorat qilindi.
Iste'molchilar huquqini himoya qilish: Tumanda iste'molchilar huquqlarining himoya qilinishini ta'minlashga, shu bilan birga, barcha sohalarda (savdo, bank, energetika, xizmat ko'rsatish va h.k.) huquqlarning buzilishiga yo'l qo'ymaslikka alohida e'tibor qaratilmoqda.
Bu ishlar aholining turmush darajasini oshirish va ko'rsatilib yotgan xizmatlar bo'yicha noroziliklarning oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Iste'molchi_info
- Информация о материале
- Автор: Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 5
Iste'molchi huquqlari himoyada!
Ellikqal’a tumani hududida "Iste'molchi huquqlari himoyada!" atamasi ostida keng ko'lamli targ'ibot-tashviqot ishlari boshlandi.
Rayon aymag'indag'ı tiykarg'ı orınlarǵa ornatılıp atırǵan bul banerler, puqaralarǵa óz huqıqların qorǵaw boyınsha qollanba bolıp xizmet etedi.
Xalq banki va iste’molchi: Muammo qanday hal qilindi?
- Информация о материале
- Автор: Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 37
Qo‘ng‘irotlik fuqaro I.D bank xizmati bo‘yicha yo‘llagan murojaati e’tibor bilan o‘rganilib, ijobiy yechim topdi.
Voqea qanday boshlangan edi? Fuqaro D.Ibraimova 10 million so‘m miqdorida kredit olish uchun Xalq bankining Qo‘ng‘irot tumani filialiga hujjat topshirgan, biroq bank tomonidan "limit yo‘q" degan javob bilan kredit berilmagan edi. Ushbu masala bo‘yicha fuqaro Qo‘ng‘irot tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Natija: Jamiyat aralashganidan so‘ng, fuqaroning murojaati to‘liq ko‘rib chiqilib, 2026-yil 3-iyul kuni 10 million so‘m miqdoridagi kredit ajratish bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilindi.
Ushbu voqea fuqarolarning o‘z huquqlarini bilishi va tegishli joylarga o‘z vaqtida murojaat etishi qanchalik muhim ekanligini ko‘rsatadi.
Yoqilg‘i quyish shoxobchasidagi sanitariya holati — insonni kamsituvchi ko‘rinish
- Информация о материале
- Автор: Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 102
Shumanay tumani "Monshaqli" MFY, Ozodlik ko‘chasida joylashgan yoqilg‘i quyish shoxobchasidagi holat "Tutınıwshı_press" kanalining asosiy nazoratiga tushdi.
Shoxobcha hududida ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan bir qatorda, iste’molchilar uchun yaratilgan "qulayliklar" hayratda qoldiradi.
Ayniqsa, avtomobillarga gaz quyishga kelgan insonlar uchun mo‘ljallangan sanitariya joyi (tualet) shunday holatdaki, ichiga odam kirib bo‘lmaydi. U axlatlarga to‘lib ketgan va gigiyena talablariga umuman javob bermaydi.
Bu — xizmat ko‘rsatuvchi shoxobchalarning iste’molchilarga bo‘lgan haqiqiy munosabatini bildiradi.
Gaz quyishga kelgan odamlar shunday "xizmat" bilan ta’minlanishi kerakmi?
Hurmatli mas’ullar, bu holat qachon yaxshilanadi?
Страница 2 из 2
























