Выберите язык

Qo‘ng‘irotlik fuqaro I.D bank xizmati bo‘yicha yo‘llagan murojaati e’tibor bilan o‘rganilib, ijobiy yechim topdi.

Voqea qanday boshlangan edi? Fuqaro D.Ibraimova 10 million so‘m miqdorida kredit olish uchun Xalq bankining Qo‘ng‘irot tumani filialiga hujjat topshirgan, biroq bank tomonidan "limit yo‘q" degan javob bilan kredit berilmagan edi. Ushbu masala bo‘yicha fuqaro Qo‘ng‘irot tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Natija: Jamiyat aralashganidan so‘ng, fuqaroning murojaati to‘liq ko‘rib chiqilib, 2026-yil 3-iyul kuni 10 million so‘m miqdoridagi kredit ajratish bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilindi.

Ushbu voqea fuqarolarning o‘z huquqlarini bilishi va tegishli joylarga o‘z vaqtida murojaat etishi qanchalik muhim ekanligini ko‘rsatadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening