Выберите язык

  Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda mavjud muammolarga amaliy yechim topish bugungi kunda ustuvor vazifalardan biridir. Shu maqsadda Nurota tuman Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Nurota tumani "Mustaqillik" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi fuqaro J.B. tomonidan murojaat kelib tushdi.

 Murojaatda hududdagi elektr ta'minotini yaxshilash masalasi ko‘tarilib, 578-sonli transformator punktining 0,4 kVli taqsimlash shkafida o‘rnatilgan 400 amperli avtomat o‘chirgich yuklama yuqoriligi sababli kun davomida tez-tez o‘chib, iste'molchilarga noqulaylik tug‘dirayotgani ma'lum qilingan.

 Mazkur murojaat belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, mutaxassislar ishtirokida joyiga chiqildi. O‘rganish davomida avtomat o‘chirgichdagi texnik nuqsonlar aniqlanib, joyida ta'mirlash ishlari amalga oshirildi. Natijada elektr ta'minotidagi uzilishlar bartaraf etilib, murojaatda ko‘rsatilgan muammo ijobiy hal etildi.

  Fuqarolarning murojaatlariga tezkor va samarali yechim topish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish Nurota tuman Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening