MUROJAAT IJOBIY HAL ETILDI
- Информация о материале
- Автор: Namangan viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 26
MUROJAAT IJOBIY HAL ETILDI
Namangan shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga kelib tushgan murojaatda fuqaroning telefon raqamiga chiqindi xizmatini ko‘rsatuvchi korxona tomonidan qarzdorlik mavjudligi haqida telegram orqali xabarnoma kelgani, ushbu qarzdorlikning qayerdan kelib chiqqanini aniqlashda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgani bildirildi.
Murojaat jamiyat xodimlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida murojaatchining telefon raqami boshqa hududda yashovchi fuqaroga tegishli abonent raqamiga xato biriktirilgani aniqlanib, mazkur abonent raqami murojaatchiga tegishli emasligi ma’lum bo‘ldi.
Masala joyida hal etilib, telefon raqamiga bog‘langan noto‘g‘ri abonent ma’lumotlari tizimdan chiqarildi hamda murojaatchiga tegishli bo‘lmagan qarzdorlik bekor qilindi.
Iste'molchi murojaati ijobiy yechim topdi.
- Информация о материале
- Автор: Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 3
Nukus shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro "N.T" tomonidan quyidagicha murojaat kelib tushgan.
Nukus shahri Sh.Rashidov ko‘chasida joylashgan "E.U" savdo markazidan bahosi 2.600.000 so‘m bo‘lgan MOONX43 markali televizor sotib olgan.
Oradan vaqt o‘tganidan so‘ng televizor ishlamay qolgan va do‘konga qaytarilgan. Biroq do‘kon tomonidan servis xizmati ko‘rsatilmagan.
Muammo bo‘yicha Nukus shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan do‘kon rahbari va sotuvchisiga tushuntirish ishlari olib borildi.
Natijada fuqaroning murojaati o'rganilib ijobiy hal etildi. Nuqsoni bor televizor yangisiga almashtirib berildi.
Tish shifokoriga to‘langan mablag‘ iste’molchiga qaytarib berildi.
- Информация о материале
- Автор: Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 4
Iste’molchi To'rko'l tuman markazidagi stomatologiya bo‘limiga borib, shifokor ko‘rigidan o‘tgan hamda bemorga shifokor tomonidan sun’iy tish qo‘ydirish tavsiya etilgan.
So‘ngra sun’iy tish uchun 1 340 000 so‘mga kelishilib, buyurtma berilgan.
Sun’iy tish tayyor bo‘lgach, bemor chaqirilib, tishlar qo‘yib berilgan va shifokor bir-ikki kunda ko‘nikib ketishini aytgan, iste’molchi esa rozi bo‘lgan holda chiqib ketgan.
Oradan besh-olti kun o‘tgach, tishlari yaxshi turmaganligi sababli puli qaytarib berilishini so‘rab shifokorga qayta murojaat qilgan va ikki tomon o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan.
Shundan so‘ng, iste’molchi To‘rtko‘l tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan
Murojaat soha mutaxassislari tomonidan joyida, qonuniy tartibda o‘rganib chiqildi hamda fuqaroning muammosi ijobiy hal etilib, iste’molchining puli qaytarib berilishiga erishildi.
Nosoz telefon yangisiga almashtirib berildi.
- Информация о материале
- Автор: Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 4
Iste’molchi Nukus bozoridagi “P.M” savdo do‘konidan bir yillik muddatli to‘lov asosida telefon apparatini sotib olgan.
Oradan bir oy vaqt o‘tib, nosozlik kelib chiqqan telefon apparatiga servis xizmati ko‘rsatilgan, biroq kamerasi to‘liq soz holatga kelmagan. Shundan so‘ng telefon blok holatiga tushib qolgan va uch kun davomida blokdan chiqmagan.
So‘ng iste’molchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 601-10-91 ishonch telefoniga murojaat qilgan.
Murojaat bo‘yicha soha mutaxassislari tomonidan olib borilgan o‘rganish ishlari natijasida iste’molchining huquqi tiklanib, nosoz telefon yangisiga almashtirib berilishiga erishildi.
Iste’molchining huquqlari himoya qilindi.
- Информация о материале
- Автор: Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 6
Xo‘jayli tumanida yashovchi fuqaro Xo‘jayli savdo kompleksidagi "A" do‘konidan 3 100 000 so‘mga televizor sotib olgan.
Televizorni uyiga olib kelib o‘rnatib ko‘rgan vaqtida, unda nuqson borligi aniqlangan. Muammo bo‘yicha fuqaro do‘kon rahbari va xodimlar bilan bog‘lanib ko‘rgan.
Kutilgan natija bo‘lmagach, Xo‘jayli tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Murojaat soha mutaxassislari tomonidan tezlik bilan ko‘rib chiqildi va o‘rganish natijasida iste’molchining haqiqatda sotib olgan texnikasida nuqsoni borligi aniqlandi.
Natijada fuqaroning nuqsoni bor televizori yangisiga almashtirib berildi.
Страница 3 из 6
























