Pop tumanida asossiz qarzdorlik bartaraf etildi!
- Информация о материале
- Автор: Namangan viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 9
Pop tumanida asossiz qarzdorlik bartaraf etildi!
Pop tumanida ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlar yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida bir qator ijobiy yechimlarga erishildi.
Xususan, Pop tumani hududidagi Yangihayot, Orom va Do‘stlik MFYlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlari hamda mavjud hisob-kitoblar qayta ko‘rib chiqildi. O‘rganish davomida ayrim xonadonlarda oldindan saqlanib kelgan noreal qarzdorliklar mavjudligi aniqlangan.
Tegishli hujjatlar asosida olib borilgan qayta tahlil va hisob-kitoblar natijasida 59 ta xonadon bo‘yicha jami 12 697 991 so‘m noreal qarzdorlik billing tizimidan chiqarildi.
Natijada fuqarolarning qonuniy manfaatlari ta’minlanib, murojaatlar yuzasidan amaliy yechimga erishildi.
Asossiz qarzdorlik bartaraf etildi.
- Информация о материале
- Автор: Namangan viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 6
Asossiz qarzdorlik bartaraf etildi
Pop tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq murojaat kelib tushdi. Unda iste’molchiga suv hisoblagichi ko‘rsatkichlari asosida asossiz qarzdorlik hisoblangani yuzasidan norozilik bildirilgan.
O‘rganish davomida hisoblagich ko‘rsatkichlari noto‘g‘ri kiritilgani aniqlanib, shu sababli qarzdorlik yuzaga kelgani ma’lum bo‘ldi. Shundan so‘ng qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirilib, asossiz qarzdorlik bekor qilindi.
Natijada iste’molchining huquqlari tiklanib, murojaat ijobiy hal etildi.
Qariyb 6 million so‘mlik noqonuniy qarzdorlik bekor qilindi!
- Информация о материале
- Автор: Namangan viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 7
Qariyb 6 million so‘mlik noqonuniy qarzdorlik bekor qilindi!
Pop tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga kelib tushgan murojaat asosida gaz ta’minoti bilan bog‘liq holat o‘rganildi. Murojaatda iste’molchiga hisoblagich bilan bog‘liq muammo sababli 5 983 440 so‘m miqdorida qarzdorlik chiqarilgani hamda gaz ta’minoti uzilgani bildirilgan.
O‘rganish jarayonida mutasaddi tashkilotlar ishtirokida holat atroflicha tahlil qilinib, mazkur qarzdorlik asossiz ekani aniqlandi. Shundan so‘ng qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirilib, iste’molchiga yozilgan qarzdorlik to‘liq bekor qilindi va gaz ta’minoti tiklandi.
Natijada murojaat Pop tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan ijobiy hal etildi.
Asossiz foiz talabiga chek qo‘yildi
- Информация о материале
- Автор: Namangan viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 24
Asossiz foiz talabiga chek qo‘yildi
Chortoq tumanida iste’molchidan kelib tushgan murojaat asosida o‘rganish ishlari olib borildi.
Aniqlanishicha, fuqaro “Fannon” tilla buyumlari savdo do‘konidan 12 000 000 so‘mlik tilla uzuk xarid qilib, dastlab 9 000 000 so‘m to‘lov qilgan va qolgan 3 000 000 so‘mni keyinchalik to‘lashga kelishilgan.
Biroq, yakuniy to‘lovni amalga oshirish vaqtida sotuvchi tomonidan qo‘shimcha 6 000 000 so‘m talab qilingan.
O‘rganish jarayonida ushbu qo‘shimcha talab asossiz ekani aniqlanib, masala iste’molchi foydasiga hal etildi hamda ortiqcha foiz undirilishiga yo‘l qo‘yilmadi.
Oliy ta’limda iste’molchilar huquqlariga oid bilimlarni oshirishga qaratilgan seminar
- Информация о материале
- Автор: Namangan viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 19
Oliy ta’limda iste’molchilar huquqlariga oid bilimlarni oshirishga qaratilgan seminar
Namangan davlat texnika universitetida professor-o‘qituvchilar ishtirokida iste’molchilar huquqlarini bilishga bag‘ishlangan targ‘ibot-seminar tashkil etildi.
Tadbir O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Namangan viloyati hududiy birlashmasi, Davlatobod tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati hamda Namangan shahar ijro etuvchi apparati hamkorligida o‘tkazildi. Seminar davomida ishtirokchilarga iste’molchilarning qonuniy huquqlari, ularni himoya qilish tartibi va amaldagi qonunchilik yuzasidan tushunchalar berildi.
Shuningdek, “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati yoritilib, murojaat qilish tartibi hamda Federatsiyaning 1091 ishonch telefoni haqida keng targ‘ibot olib borildi.
Seminar savol-javoblar asosida ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi. Ayrim professor-o‘qituvchilar tomonidan joyida murojaatlar qoldirilib, ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi.
Страница 2 из 6
























