Выберите язык

📌 PASTDARG‘OM TUMANI ISTE'MOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH JAMIYATINING 2026-YIL BIRINCHI YARIM YILLIKDAGI FAOLIYATI TAQDIM ETILDI
 Pastdarg‘om tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan hisobot davrida iste'molchilar manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda jamoatchilik bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Yil boshida tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq mahallalar, ta'lim muassasalari, tibbiyot birlashmasi, bozor va savdo komplekslari hamda boshqa ijtimoiy soha obyektlarida yig‘ilishlar, o‘quv seminarlari va davra suhbatlari tashkil etilib, iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilikning mazmun-mohiyati keng targ‘ib qilindi.
Hisobot davrida jamiyatga kelib tushgan 90 ta murojaatning barchasi ijobiy hal etilib, iste'molchilar foydasiga 176 million 918 ming so‘m miqdoridagi mablag‘ qayta hisob-kitob qilinib undirib berildi. Shuningdek, tumandagi 28 ta mahalla aholisiga tuman gaz ta'minoti korxonasi bilan hamkorlikda suyultirilgan gaz ballonlarini o‘z vaqtida yetkazib berishda amaliy yordam ko‘rsatildi.
Jamiyat tomonidan ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar orqali amalga oshirilayotgan ishlar, iste'molchilar huquqlariga oid qonunchilik, murojaatlar natijalari hamda foto va videolavhalar muntazam yoritib borildi. Bu orqali aholining huquqiy xabardorligini oshirish va ochiqlikni ta'minlashga alohida e'tibor qaratildi.
Hisobotda jamiyatning ijtimoiy yo‘nalishdagi faoliyati ham alohida e'tirof etildi. Xususan, jamiyatning o‘z mablag‘lari hisobidan 10 ta mahalladagi 120 ta xonadonga Yangi yil, 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni, Ro‘za hayiti va Navro‘z bayramlari munosabati bilan saxovat va ko‘mak aksiyalari tashkil etildi. Kam ta'minlangan oilalar, keksalar, yoshlar hamda xotin-qizlarga amaliy yordam ko‘rsatildi.
Bundan tashqari, 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan uyda yakka tartibda va inklyuziv ta'lim olayotgan bolalarga planshetlar, kompyuter jamlanmalari, badiiy adabiyotlar, esdalik sovg‘alari hamda bepul davolanish uchun yo‘llanmalar topshirilgani qayd etildi.
Yig‘ilish davomida ta'lim sifatini oshirish va bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni yaxshilash maqsadida tumandagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari va umumta'lim maktablarida monitoringlar o‘tkazilgani, shuningdek, radio va televideniye orqali chiqishlar qilinib, iste'molchilar bilan bir qatorda tadbirkorlarning ham huquq va majburiyatlari, iste'mol madaniyati yuzasidan keng tushuntirish ishlari olib borilgani alohida qayd etildi.
Yig‘ilish yakunida Pastdarg‘om tumani jamiyati faoliyati yuzasidan fikr va mulohazalar bildirilib, iste'molchilar huquqlarini himoya qilish samaradorligini yanada oshirish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening