⚡️ Yakkabog‘ tumanida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo iste’molchi foydasiga hal etildi
Elektr energiyasi aholining kundalik turmushida eng muhim kommunal xizmatlardan biri hisoblanadi.
Uy-ro‘zg‘or texnikalarining uzluksiz ishlashi, farzandlarning ta’lim olishi hamda xonadonlarda qulay yashash sharoitini ta’minlash barqaror elektr ta’minotiga bevosita bog‘liq.
Shu sababli elektr energiyasi hisob-kitoblarida yuzaga keladigan asossiz qarzdorlik yoki ta’minot bilan bog‘liq muammolar iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
📍 Qashqadaryo viloyati
Murojaatda ko'rsatilishicha, Yakkabog' tumanida yashovchi fuqaro Z.O. elektr ta’minoti korxonasi tomonidan unga nisbatan 1 410 000 so‘m qarzdorlik hisoblangani hamda elektr energiyasi uzilganidan norozi bo‘lib, Yakkabog‘ tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi.
Tuman jamiyat mutaxassislari murojaatni belgilangan tartibda o‘rganib, elektr ta’minoti tashkiloti bilan bevosita hamkorlikda tegishli ishlarni amalga oshirdi.
O‘rganish jarayonida qarzdorlik va elektr ta’minoti bilan bog‘liq noaniqliklar bartaraf etildi.
Natijada fuqaroning xonadoniga elektr energiyasi qayta ulanib, murojaat ijobiy hal etildi.
✅ Yakkabog‘ tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan murojaatning qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqilishi natijasida iste’molchining buzilgan huquqlari tiklandi.
Jamiyat bundan buyon ham fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, kommunal xizmatlar sohasida yuzaga keladigan nizolarni adolatli hal etish hamda iste’molchilarga amaliy huquqiy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha o‘z faoliyatini izchil davom ettiradi.
























