Выберите язык

📌 NARPAY TUMANIDA TIBBIY XIZMATLAR SIFATI YUZASIDAN MONITORING O‘TKAZILDI
O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Samarqand viloyati hududiy birlashmasi tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh hamda Narpay tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati hamkorligida tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi tizimidagi tibbiyot muassasalarida iste'molchilarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati yuzasidan monitoring va o‘rganish ishlari olib borildi.
Monitoring davomida tibbiy xizmatlarning sifati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, davolash muassasalarida bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, navbatlar tizimining samaradorligi, dori vositalari bilan ta'minlanganlik, iste'molchilar huquqlariga oid axborot burchaklarining mavjudligi hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati atroflicha o‘rganildi.
Shuningdek, tibbiyot muassasalarida xizmat ko‘rsatish madaniyati, kutish zallari va xonalarining holati, tibbiyot xodimlarining bemorlar bilan muomalasi ham ko‘zdan kechirildi.
Monitoring yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi va tibbiyot muassasalari mas'ullariga tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi. Mazkur o‘rganishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, iste'molchilar huquqlarini ta'minlash va tibbiyot muassasalarida xizmat ko‘rsatish samaradorligini yuksaltirishdan iborat.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening