Выберите язык

SAMARQAND SHAHRIDA ASOSSIZ OLINGAN MABLAGʻLAR ISTEʼMOLCHILARGA QAYTARILDI

Samarqand shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqarolar tomonidan jarima maydonchasi va evakuator xizmatlari uchun asossiz mablagʻ undirilgani yuzasidan murojaat kelib tushdi.

Mazkur murojaat jamiyat xodimlari  tomonidan amaldagi qonunchilik talablari asosida atroflicha oʻrganildi. Oʻrganish jarayonida isteʼmolchilardan ayrim xizmatlar uchun belgilangan tartib va tariflarga zid ravishda ortiqcha mablagʻ undirilgani oʻz tasdigʻini topdi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur huquqiy choralar koʻrildi. Vakolatli idoralarning qaroriga muvofiq isteʼmolchilardan asossiz undirilgan mablagʻlar toʻliq qaytarilib, ularning buzilgan huquqlari tiklandi.

Samarqand shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati fuqarolarning murojaatlarini oʻz vaqtida va xolisona koʻrib chiqish, isteʼmolchilarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash borasidagi ishlarni izchil davom ettirmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening