Выберите язык

Surxondaryo viloyati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasining 1-chorak yakunlariga bag‘ishlangan kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda hududiy birlashma vakillari hamda tuman va shahar jamiyatlari rahbarlari ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida 2026-yilning birinchi choragida amalga oshirilgan tashkiliy va moliyaviy faoliyat, iste’molchilar murojaatlari bilan ishlash holati hamda tizim samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Federatsiya kengashi yig‘ilishi yakunlari, joylardagi jamiyatlar faoliyati, moliyaviy-intizom masalalari hamda qonunchilik ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakunida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, tizim faoliyatini yanada takomillashtirish va iste’molchilar huquqlarini samarali himoya qilish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi. O‘z faoliyati davomida yuqori natijalarga erishib kelayotgan xodimlar Federatsiya tomonidan munosib taqdirlandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening