Выберите язык

⚡️Yakkabogʻ tumanida yana bir isteʼmolchi murojaat ijobiy hal etildi 

Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga  Qarshi tumanida yashovchi fuqaro  Oʻlmas Baxtiyorovdan ogʻzaki murojaat kelib tushdi.

Murojaatda bayon etilishicha, Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanida yashovchi fuqaro O'.B tumanda joylashgan savdo doʻkonlarning biridan i 2,5 tonna oʻsimliklar uchun selitra dori vositasini 6 200 000 soʻm naqd pul evaziga xarid qilgan.

Iste’molchi do‘konga bir necha marotaba murojaat qiladi, ammo uning e’tirozi qondirilmaydi.

Fuqaro oxir-oqibat Qarshi tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qiladi. Jamiyat xodimlari murojaatni qonuniy tartibda o‘rganib chiqadi va mahsulot haqiqatan ham sifatsiz ekani aniqlandi. Natijada, 6 200 000 soʻmga xarid qilingan sifatsiz selitra mahsulotlarini yangi yaroqlisiga almashtirib berildi.

✅ Demak, iste’molchi huquqlari qonun bilan himoyalangan va sifatsiz mahsulot uchun har doim kompensatsiya talab qilish mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening