O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi tomonidan fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda buzilgan huquqlarini tiklash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Navbatdagi murojaat yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida iste’molchining sug‘urta to‘lovini olish huquqi tiklanib, mablag‘ning undirilishi ta’minlandi.
Toshkent shahar Chilonzor tumanida yashovchi fuqaro S.H. O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyaning Telegram boti orqali murojaat qoldirib, sug‘urta kompaniyasi tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘ni ololmayotganidan shikoyat qilgan. Murojaatda qayd etilishicha, fuqaroning kredit asosida xarid qilingan avtomobili yo‘l-transport hodisasi oqibatida shikastlangan bo‘lib, u sug‘urta shartnomasiga muvofiq to‘lovni undirish maqsadida “My Insurance” sug‘urta kompaniyasiga murojaat qilgan. Biroq murojaat ijobiy hal etilmagan va sug‘urta puli o‘z vaqtida to‘lab berilmagan.
Mazkur holat yuzasidan Mirobod tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan murojaat atroflicha o‘rganilib, sug‘urta kompaniyasi bilan tegishli muzokaralar olib borildi. O‘rganishlar natijasida fuqaroning talabi asosli ekani aniqlanib, iste’molchining qonuniy huquqlarini tiklash choralariga kirishildi.
Ko‘rilgan amaliy chora-tadbirlar natijasida “My Insurance” sug‘urta kompaniyasidan fuqaro S. Hakimov foydasiga 8 million 484 ming 609 so‘m miqdoridagi sug‘urta to‘lovi undirib berildi.
Mazkur holat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimi fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlashda muhim o‘rin tutayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.
Fuqaroga 8 million 484 ming 609 so'm miqdordagi sug'urta puli undirib berildi
- Информация о материале
- Автор: Poytaxt matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 13
























