⚡️ Qarshi tumanida isteʼmolchi huquqi tiklandi
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, uzoq muddat foydalaniladigan barcha turdagi tovarlarga ishlab chiqaruvchi tomonidan kafolat muddati belgilanadi. Kafolat muddati davomida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi tovarning, shu jumladan butlovchi buyumlarning normal ishlashini ta’minlashi shart. Agar ushbu muddat mobaynida tovar nuqsonli holga kelgan bo‘lsa, iste’molchi bir qator huquqlarga ega. Shulardan biri — nuqsonli tovarni maqbul sifatdagisiga almashtirish huquqidir.
Murojaatda keltirilishicha, Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida yashovchi fuqaro J.T tumanda joylashgan savdo doʻkonlarning biridan 24 500 000 soʻm pul miqdorida naqd pul evaziga mototsikl xarid qilgan. Oradan bir necha kun vaqt oʻtib mototsikl ishlamay nosoz, ya'ni yaroqsiz holga kelib qolgan. Fuqaro vaziyatni ogʻzaki tushuntirmoqchi boʻlib, savdo majmua rahbariga murojaat qilib borganida, doʻkon rahbari fuqaroni eshitishni ham istamagan.
Shundan soʻng, fuqaro Qarshi tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislariga amaliy yordam soʻrab ogʻzaki murojaat qilgan.
Mazkur holat fuqaro ishtirokida jamoatchilik asosida o‘rganildi. Natijada fuqaroning talabi o‘rinli ekani tasdiqlanib, jamiyat xodimlari aralashuvi bilan naqd pul evaziga xarid qilingan 24 500 000 soʻmlik nosoz mototsikl servis xodimlari tomonidan taʼmirlanib, isteʼmolchiga yaroqli holatda topshirildi.
✅ Ushbu holat yana bir bor shuni ko‘rsatadiki, agar har bir fuqaro o‘z qonuniy huquqlarini bilsa va zarurat tug‘ilganda tegishli tashkilotlarga murojaat etsa, istalgan muammo qonuniy tartibda hal etilishi mumkin.
























