Выберите язык

Beshariq tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro S. M.ning maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketilmaganligi holatidan noroziligi yuzasidan O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali qabul  qilb olingan murojaati tegishli tartibda o‘rganib chiqildi. 

O‘rganish jarayonida ma'lum bo‘lishicha, iste'molchi istiqmat qiladigan ko‘chada joylashgan xonadonlarda maishiy chiqindilarni olib ketish ishlari belgilangan grafik asosida muntazam bajarilmagan. Xususan, 2026 yil mart oyining so‘nggi o‘n kunligi hamda aprel oyi boshlarida xizmat ko‘rsatishda uzilishlar yuzaga kelgan. Bu esa aholi o‘rtasida norozilik keltirib chiqargan va chiqindilar to‘planib qolishiga sabab bo‘lgan. 

Masala joyiga chiqib o‘rganilganda, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot — “Farg‘ona Maxsus Trans” MChJ Beshariq tuman filiali tomonidan belgilangan grafikka rioya etilmagani tasdiqlandi. Asosiy sabab sifatida chiqindilarni tashishga jalb etilgan transport vositasi haydovchisining ishdan ketishi va yangi haydovchini jalb etish jarayoni ma'lum vaqt talab qilgani ko‘rsatildi. 

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, xususan “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasiga ko‘ra, xizmat ko‘rsatish shartlari buzilgan taqdirda iste'molchi yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega. Shuningdek, xizmat ko‘rsatilmagan yoki sifatsiz bajarilgan hollarda to‘lovlarni qayta hisob-kitob qilish majburiyati yuzaga keladi. 

O‘rganish natijalariga ko‘ra, mazkur hududdagi 22 ta xonadonda to‘planib qolgan maishiy chiqindilar to‘liq olib ketilishi ta'minlandi. Shu bilan birga, xizmat ko‘rsatilmagan kunlar uchun aholiga hisoblangan to‘lovlar qayta hisob-kitob qilinishi belgilandi. Aprel oyi yakuniga qadar ushbu qayta hisob-kitob ishlarini amalga oshirish va kelgusida xizmatlarni grafik asosida barqaror yo‘lga qo‘yish choralari ko‘rildi. 

Shuningdek, mutasaddi tashkilotga kelgusida bunday holatlarning oldini olish, aholiga sifatli va o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatishni ta'minlash, hamda shartnoma majburiyatlariga qat'iy rioya etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening