Выберите язык

  Nurota tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga “Kattasoy” MFYda yashovchi fuqaro Xudoynazarov Ikrom Xidirovich tomonidan murojaat kelib tushdi.Murojaatda fuqaro “Next Yellow Step” MCHJdan 12 oy muddatga bo‘lib to‘lash sharti asosida 10 224 000 so‘mlik noutbuk xarid qilgani, biroq moddiy imkoniyati cheklangani sababli tovarni qaytarib, shartnomani bekor qilishni so‘ragani aytilgan. Ammo sotuvchi tomonidan rad javobi berilgan. Shundan so‘ng tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan murojaat atroflicha o‘rganilib, sotuvchi tashkilot bilan tushuntirish ishlari olib borildi hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik talablari tushuntirildi.

  Natijada 10 224 000 so‘mlik tovar bo‘yicha tuzilgan shartnoma bekor qilinib, murojaat ijobiy hal etildi. Fuqaro esa masala qisqa muddatda hal qilinganligi uchun jamiyat mutaxassislariga minnatdorlik bildirdi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening