Выберите язык

Ijtimoiy tarmoqlarda shunday reklamalarni ko‘rgan bo‘lishingiz mumkin:

«3 kunda natija!»
«100% kafolat!»
«Hech qanday nojo‘ya ta'siri yo‘q!»
«Men ichdim — tuzaldim!»

Ammo chiroyli reklama — mahsulot samaradorligining kafolati emas.

Ayniqsa, dori yoki biologik faol qo‘shimcha haqida gap ketganda, ishonishdan oldin bir necha muhim savolga javob topish kerak:

- bu haqiqatan dori vositasimi?
- uni kim ishlab chiqargan?
- reklamadagi va'dalarning ilmiy dalili bormi?
- «100% natija» degan gap qanchalik ishonchli?
- nega reklamada oq xalat yoki mashhur shaxsdan foydalanilgan?
- biologik faol qo‘shimcha (BFQ)ni dori o‘rnida qabul qilish mumkinmi?
- shifokor bilan maslahatlashish kerak emasmi?

Eng muhimi, shubhali reklamaga ishonish faqat pul yo‘qotishga emas, balki qimmatli vaqt va sog‘liqqa zarar yetkazishiga ham olib kelishi mumkin.

Videoni 👉 Youtube kanalimizda tomosha qiling«100 foiz davolaydi!» degan va'da ortida nimalar borligini bilib oling.

Sog‘lig‘ingiz — reklama tajribasi uchun maydon emas.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening