Yaroqsiz skuter yangisiga almashtirildi
Qushrabot tumanida iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda yuzaga kelayotgan muammolarni amaliy choralar asosida hal etish borasida ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Qushrabot tumani Qurulos MFYda yashovchi fuqaro G‘oyipov Sherali tomonidan xarid qilingan skuterning yaroqsizligi yuzasidan Qushrabot tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilindi.
Fuqaro murojaatida “Texno Mokon” savdo maskanidan sotib olingan skuter yaroqsiz holatda ekanligi va undan belgilangan tartibda foydalanish imkoniyati mavjud emasligini bildirgan. Shu munosabat bilan iste’molchi o‘ziga tegishli huquqlarni tiklash hamda xarid qilingan tovarni almashtirishda amaliy yordam so‘ragan.
Mazkur murojaat Qushrabot tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida iste’molchi tomonidan bildirilgan e’tirozlar ko‘rib chiqilib, masalani ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.
Natijada “Texno Mokon” savdo maskani tomonidan iste’molchining talabi qanoatlantirilib, yaroqsiz skuter yangi va soz skuterga almashtirib berildi.
Shu tariqa, fuqaro G‘oyipov Sheralining murojaati ijobiy hal etilib, uning iste’molchi sifatidagi huquq va qonuniy manfaatlari ta’minlandi.
Bunday amaliy ishlar iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, sotuvchi va xizmat ko‘rsatuvchi subyektlarning mas’uliyatini oshirish hamda aholining qonuniy manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Qushrabot tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati
Yaroqsiz skuter yangisiga almashtirildi
- Информация о материале
- Автор: Samarqand viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 31
























