Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro O.O. 2026-yil 12-may kuni Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qildi.
Murojaatida fuqaro Uzum Market ilovasi orqali rasmiylashtirilgan kredit mablag‘larini belgilangan muddatlarda to‘liq to‘lab bo‘lganiga qaramasdan, ilovadagi kredit limiti qayta ochilmayotganidan norozi ekanligini ma’lum qilgan.
Mazkur murojaat Navoiy shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida masala yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan muloqot olib borilib, fuqaroning murojaatida keltirilgan holatlar atroflicha tahlil qilindi.
Ko‘rilgan amaliy choralar natijasida muammo ijobiy hal etildi va fuqaroning kredit limiti qayta tiklanib, ilovadagi xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratildi.
Fuqaro O.O. murojaatining qisqa muddatda ijobiy hal etilganidan mamnunligini bildirib, muammoni bartaraf etishda yaqindan yordam bergan mutaxassislarga o‘z minnatdorligini izhor qildi.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tomonidan fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda iste’mol sohasida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.
1091 GA MUROJAAT NATIJASIDA KREDIT LIMITI QAYTA TIKLAND
- Информация о материале
- Автор: Navoiy viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 143
























