Выберите язык

   Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro A.S. tomonidan 2026-yil 29-aprel kuni Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat kelib tushdi. Murojaatda fuqaro Navoiy shahridagi savdo do‘konlaridan biridan 5 000 000 so‘m evaziga xarid qilgan konditsioneri nosoz holatda ekanligini, undan to‘liq foydalanishning imkoni bo‘lmayotganini ma’lum qilgan.
  Murojaat yuzasidan Navoiy shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan tezkor o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida iste’molchining e’tirozi asosli ekanligi aniqlanib, sotuvchi korxona bilan tegishli muzokaralar o‘tkazildi.
   Jamiyatning amaliy yordami va qonunchilik talablariga muvofiq olib borilgan ishlar natijasida konditsioner mutaxassislar tomonidan ta’mirlanib, to‘liq soz holatga keltirildi hamda iste’molchiga topshirildi.
   Fuqaro A.S. murojaatining ijobiy hal etilganidan mamnunligini bildirib, muammoni qisqa muddatda bartaraf etishda ko‘maklashgan mutaxassislarga minnatdorlik izhor qildi.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tomonidan fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening