Выберите язык

1091 ISHONCH TELEFONIGA KELGAN MUROJAAT IJROSI TAʼMINLANDI!
​📞 O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch telefoni orqali Payariq tumani jamiyatiga murojaat kelib tushdi.
​🛒 Fuqaro Q.K doʻkondan 3 400 000 soʻm evaziga muzlatkich sotib olgan, biroq koʻp oʻtmay texnika nosoz ekanligi ma'lum boʻlgan. Isteʼmolchi ushbu muammo boʻyicha doʻkon xodimlariga bir necha bor murojaat qilgan boʻlsa-da, afsuski, magazin xodimlari buni eʼtiborsiz qoldirib, muammoni hal qilishdan bosh tortishgan.
​🔍 Shundan soʻng, sarson bo'lgan fuqaro amaliy yordam soʻrab Federatsiyaga murojaat qildi. Mazkur holat yuzasidan Payariq tumani jamiyati xodimlari tomonidan zudlik bilan oʻrganish ishlari olib borildi va amaldagi qonun talablari tadbirkorga tushuntirildi.
​✅ Natija: Isteʼmolchining qonuniy huquqlari tiklandi! Keltirilgan zarar doʻkon tomonidan toʻliq qoplanib, 3 400 000 soʻm pul mablagʻi fuqaroga qaytarib olib berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening