Выберите язык

Iste’molchi huquqi – qonun himoyasida! 🛡✨
 Kattaqo‘rg‘on shahrida iste’molchining buzilgan huquqlari tiklandi!
🧺 Joriy yilda fuqaro R.N. Kattaqo‘rg‘on shahar hududidagi maishiy texnikalar do‘konidan  "Ziffler" rusumli kir yuvish mashinasini xarid qilgan edi. Biroq, texnikada nosozliklar kuzatilgani sababli, fuqaro o‘z noroziligini bildirib murojaat yo‘lladi.
🔍 Mazkur murojaat  Kattaqo‘rg‘on shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati  xodimlari tomonidan atroflicha va qisqa muddatda o‘rganib chiqildi.
✅ Olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida masala fuqaro R.N. foydasiga hal etildi. Iste’molchi tomonidan  4 800 000 so‘mga xarid qilingan kir yuvish mashinasi "Ziffler" servis markazi tomonidan bepul va sifatli ta’mirlab berildi.
  💡  ESLATMA:  Xarid qilgan mahsulotingiz sifatsiz chiqsa yoki huquqlaringiz buzilsa, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga murojaat qilishni unutmang! 

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening