Выберите язык

🛡️ 1091 ISHONCH TELEFONIGA KELIB TUSHGAN MUROJAAT IJOBIY HAL ETILDI
📍 Qo‘shrabot tumani
Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani Oqmachit mahallasida yashovchi fuqaro S.Z tomonidan 1091 Ishonch telefoniga murojaat kelib tushdi. Murojaatda fuqaro ishonch do‘konidan gilam xarid qilganini, biroq tanlagan gilam o‘rniga boshqa turdagi gilam berilgani sababli norozi ekanligini bildirib, o‘z huquqlarini tiklashda amaliy yordam so‘ragan.
Mazkur murojaat Qo‘shrabot tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan nazoratga olinib, joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish davomida sotuvchi bilan muzokaralar olib borilib, iste’molchining talabi asosida masala qonunchilik talablari doirasida ko‘rib chiqildi.
Ko‘rilgan choralar natijasida xarid qilingan gilam iste’molchining tanloviga mos gilamga almashtirib berildi va kelib chiqqan muammo bartaraf etildi.
✅ Natijada murojaat ijobiy hal etilib, iste’molchining qonuniy talabi to‘liq qanoatlantirildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening