Выберите язык

Boysun tuman Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati yana bir fuqaroning huquqini himoya qildi. "Tog'chi" mahallasida yashovchi Iskandar A'zamov jamiyatga murojaat qilib, Boysun bozori hududidagi mayishiy mollar do'konidan sotib olgan mikroto'lqinli pech sifatsiz chiqqani va do'kon buni qaytarib olishdan bosh tortayotgani haqida shikoyat bildirgan edi.

 Iste’molchi 2026-yil 17-iyul kuni Boysun bozoridagi do'kondan 1 500 000 so'mga mikroto'lqinli pech xarid qiladi. Biroq mahsulot sifatsiz bo'lib chiqadi. Xaridor pulini yoki sifatli mahsulotni qaytarib berishni so'rab do'kon xodimiga murojaat qiladi, ammo talabi e'tiborsiz qoldiriladi. Shundan so'ng u Boysun tuman Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga rasmiy ariza bilan murojaat qiladi.

Jamiyat mutaxassislari murojaatni o'rganib chiqib, do'kon xodimlari bilan ishlar olib bordi. Natijada iste'molchining huquqlari haqiqatan ham buzilgani tasdiqlandi. Do'kon xodimiga O'zbekiston Respublikasining "Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi qonuni talablari va xaridorning qonuniy huquqlari yetkazildi. Murojaatchiga yetkazilgan moddiy zarar tadbirkor tomonidan qoplandi

Iste’molchi huquqlari bilan bog‘liq muammolarga duch kelsangiz, Federatsiyaning 1091 ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening