Qumqo'rg'on tuman Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati yana bir fuqaroning huquqini tiklashga yordam berdi. Boysun tumani Mochay mahallasida yashovchi fuqaro Boynazar Norqobilov jamiyatga murojaat qilib, sotib olgan smartfoni nosoz chiqqani va do'kon uni almashtirish yoki pulni qaytarishga cho'zib yuborayotgani haqida shikoyat bildirgan edi.
2026-yil 6-iyun kuni B. Norqobilov Qumqo'rg'on tumani bozor yonidagi "Sulola" majmuasi 1-qavatida joylashgan "REDMI" telefon do'konidan Redmi Note 15 rusumli qo'l telefonini 2 800 000 so'mga sotib oladi. Orada ko'p vaqt o'tmay telefon nosoz chiqadi (ovoz chiqmay qoladi). Xaridor do'konga murojaat qiladi, do'kon sotuvchisi mahsulotni yangisiga almashtirish yoki pulni qaytarishga og'zaki rozilik bildiradi, ammo bu va'da bir necha oy davomida bajarilmay qoladi. Shundan so'ng xaridor 2026-yil 14-iyul kuni Qumqo'rg'on tuman Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga rasmiy yozma ariza bilan murojaat qiladi.
Jamiyat 2026-yil 15-iyuldagi buyrug'iga asosan xodimlar B. Buriev va U. Mardanaqulovlar ishtirokida tekshiruv o'tkazadi. Do'kon egasi — YaTT Norqulov Anvar Elmurod o'g'liga qarashli "REDMI" savdo do'konida o'tkazilgan tekshiruv jarayonida xaridorning da'vosi to'la tasdiqlanadi: mijoz haqiqatan ham ushbu do'kondan 2 800 000 so'mga Redmi Note 15 telefonini xarid qilgani va u nosoz chiqqani aniqlanadi.
Jamiyat xodimlari do'kon boshlig'i Norqulov Anvarga O'zbekiston Respublikasining "Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi qonuni talablarini tushuntiradi. Natijada do'kon boshlig'i nosoz telefon uchun to'langan 2 800 000 (ikki million sakkiz yuz ming) so'm mablag'ni xaridorga to'liq qaytarib beradi.
Iste’molchi huquqlari bilan bog‘liq muammolarga duch kelsangiz, Federatsiyaning 1091 ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin.
























