Выберите язык

🛡️ 1091 ISHONCH TELEFONIGA KELIB TUSHGAN MUROJAAT IJOBIY HAL ETILDI
📍 Qo‘shrabot tumani
1091 Ishonch telefoniga fuqaro J.D. tomonidan murojaat kelib tushdi. Murojaatda fuqaro "Uztelekom" kompaniyasi abonenti ekanligini, xonadonida 6 kundan buyon Wi-Fi xizmati ishlamayotgani, ushbu nosozlik yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmayotganidan norozi ekanligini bildirib, xizmat ko‘rsatilmagan davr uchun qayta hisob-kitob qilish hamda nosozlikni bartaraf etishda amaliy yordam so‘ragan.
Mazkur murojaat Qo‘shrabot tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan nazoratga olinib, "Uztelekom" mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘rganildi. O‘rganish natijasida tarmoqdagi nosozlik bartaraf etilib, iste’molchining Wi-Fi xizmati to‘liq qayta tiklandi. Shuningdek, murojaatda ko‘rsatilgan holat yuzasidan xizmat ko‘rsatuvchi korxona tomonidan tegishli tartibda qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirildi.
✅ Natijada murojaat ijobiy hal etilib, iste’molchining qonuniy talabi qanoatlantirildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening