Выберите язык

 Toshkent viloyati, Bo'ka tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Asraqulova N. tomonidan murojaat kelib tushdi.
Murojaatda fuqaro 2025-yil sentyabr oyida xarid qilgan Zifler rusumli muzlatgich kafolat muddati tugamasdan nosoz holga kelgani, vakolatli servis markaziga murojaat qilganiga qaramay ikki hafta davomida nosozlik bartaraf etilmagani sababli amaliy yordam so'ragan.
Murojaat O'zbekiston Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Toshkent viloyati hududiy birlashmasi mutaxassislari tomonidan  o'rganildi. Servis markazi vakillari bilan olib borilgan tushuntirish va amaliy ishlar natijasida iste'molchining murojaatida ko'tarilgan masala ijobiy hal etildi. Muzlatgichdagi texnik nosozlik bartaraf etilib, iste'molchining qonuniy huquqlari tiklandi.
Qonun talablari nimani belgilaydi?
"Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi Qonunga muvofiq, iste'molchi sifatli va xavfsiz tovar olish, kafolat muddati davomida aniqlangan nuqsonlar o'z vaqtida bartaraf etilishini talab qilish huquqiga ega.
Mazkur holatda servis tashkiloti tomonidan kafolat muddati davomida aniqlangan nosozlikni o'z vaqtida bartaraf etish bo'yicha majburiyatning bajarilmagani iste'molchining qonun bilan kafolatlangan huquqlariga zid holatni yuzaga keltirgan. Hududiy birlashma aralashuvi natijasida muammo bartaraf etilib, iste'molchining huquqlari amalda tiklandi.
Iste'molchilarga tavsiya
Agar xarid qilgan maishiy texnika yoki boshqa tovar kafolat muddati davomida nosoz holga kelsa:
xarid cheki va kafolat talonini saqlang;
avvalo sotuvchi yoki vakolatli servis markaziga murojaat qiling;
muammo belgilangan muddatlarda hal etilmasa, huquqlaringizni himoya qilish uchun O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch telefoniga yoki hududiy birlashmalariga murojaat qiling.
O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi iste'molchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni amaldagi qonunchilik asosida ko'rib chiqib, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan zarur choralarni ko'rishda davom etmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening