2026-yil 4-iyul kuni fuqaro Sharikulov A. tomonidan 1091 ishonch telefoni orqali murojaat kelib tushdi.
Murojaatda iste'molchi Bekobod shahridagi Korzinka savdo do'konida xaridni amalga oshirganini, biroq to'lov jarayonida bank kartasidan 318 416 so'm ortiqcha mablag' yechib olingani hamda ushbu mablag' qaytarilmagani yuzasidan amaliy yordam so'ragan.
Mazkur murojaat Bekobod shahar Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan amaldagi qonunchilik talablari asosida o'rganildi. O'rganish davomida savdo korxonasi vakillari bilan tegishli tushuntirish ishlari olib borildi hamda to'lov jarayoni yuzasidan holat atroflicha tahlil qilindi.
Natijada iste'molchining murojaatida ko'rsatilgan holat o'z tasdig'ini topdi va ortiqcha yechib olingan 318 416 so'm mablag' to'liq qaytarildi. Shu tariqa iste'molchining qonuniy huquq va manfaatlari tiklandi.
Qonun nima deydi?
O'zbekiston Respublikasining "Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi Qonuniga muvofiq, iste'molchi tovar yoki xizmat uchun faqat amalda xarid qilgan mahsulot qiymatini to'lashga haqli. Sotuvchi esa to'lovlarni to'g'ri amalga oshirish va iste'molchining mulkiy manfaatlariga zarar yetkazmaslik majburiyatiga ega.
Agar texnik xatolik yoki boshqa sabab bilan ortiqcha mablag' yechib olingan bo'lsa, u iste'molchiga qaytarilishi shart.
Iste'molchi huquqi — qonun himoyasida!
Iste'molchi murojaati ijobiy hal etildi: ortiqcha yechilgan mablag' qaytarildi
- Информация о материале
- Автор: Toshkent viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 16
























