Выберите язык

Qiziriq tumanida iste’molchining suyultirilgan gaz baloni bilan bog‘liq og‘zaki murojaati o‘rganilib, fuqaroning qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi.

Qiziriq tumani “Gilambob” mahallasi Zarkamal ko‘chasida yashovchi fuqaro A.H. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilgan. Murojaatda fuqaro suyultirilgan gaz baloni o‘z vaqtida to‘ldirilmayotgani sababli noqulaylik yuzaga kelganini bildirgan.

Mazkur murojaat belgilangan tartibda Qiziriq tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yuborilib, jamoatchilik nazorati asosida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida murojaatda ko‘rsatilgan holatlar, fuqaroning xonadonida suyultirilgan gaz ta’minoti bilan bog‘liq vaziyat hamda mas’ul tashkilotlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmat holati atroflicha ko‘rib chiqildi. 

Qiziriq tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan mutasaddi tashkilot vakillari bilan hamkorlikda olib borilgan amaliy choralar natijasida fuqaroning suyultirilgan gaz baloni to‘ldirib berildi. Shu tariqa iste’molchining og‘zaki murojaati ijobiy hal etilib, uning qonuniy manfaati himoya qilindi.

Mazkur holat aholining kundalik turmushida muhim o‘rin tutadigan kommunal va maishiy xizmatlar bilan bog‘liq murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish muhim ahamiyatga ega ekanligini yana bir bor ko‘rsatadi.

Agar fuqaro gaz, elektr energiyasi, ichimlik suvi, chiqindi yoki boshqa xizmatlardan foydalanish jarayonida muammoga duch kelsa, u belgilangan tartibda tegishli tashkilotlarga yoki iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga murojaat qilish huquqiga ega.

Qiziriq tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqarolarning og‘zaki va yozma murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, iste’molchilarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda xizmat ko‘rsatish sohasida yuzaga kelayotgan muammolarga amaliy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Sizning ham iste’molchi sifatidagi huquqlaringiz buzildimi?
1091 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling!

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi
Surxondaryo viloyati hududiy birlashmasi Axborot xizmati

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening