Выберите язык

 

Iste’molchilarning murojaatlarini o‘rganish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish yo‘nalishida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Urganch tumani Proektnaya ko‘chasida yashovchi fuqaro Y.Sh. Urganch shahrining Yangiariq ko‘chasida joylashgan oyna romlari sotuvchi do‘konga 5-avgust kuni 32 400 000 (o‘ttiz ikki million to‘rt yuz ming) so‘m mablag‘ to‘lagan. Tomonlar oyna romlarini 15 kun muddatda tayyorlab berishga kelishgan.

Biroq belgilangan muddatda oyna romlari tayyorlab berilmagani sababli fuqaro norozi bo‘lib, O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 “Ishonch telefoni” orqali murojaat qilgan.

Mazkur murojaat Urganch shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijasida iste’molchining murojaatini ijobiy hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

Natijada buyurtma qilingan oyna romlari tayyorlanib, 17-sentabr kuni iste’molchining xonadoniga olib borilib, o‘rnatib berildi.

Shu tariqa fuqaro Y.Sh.ning murojaati ijobiy hal qilindi.

Mazkur holat iste’molchi bilan kelishilgan muddatlarga rioya etish va buyurtma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlarni o‘z vaqtida bajarish muhimligini ko‘rsatadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening