Выберите язык

Iste’molchilarning murojaatlarini o‘rganish hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash yo‘nalishida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xiva tumani Otajon to‘ra MFYda yashovchi fuqaro B.M. Xiva shahrida joylashgan do‘kondan My Tech rusumli televizor xarid qilgan. Foydalanish jarayonida televizorda nosozlik yuzaga kelganligi sababli fuqaro muammoni bartaraf etish maqsadida do‘konga murojaat qilgan.

Biroq do‘kon xodimlari tomonidan televizorga o‘z vaqtida servis xizmati ko‘rsatilmay, murojaat masalasi hal etilmagan.

Shundan so‘ng fuqaro O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 “Ishonch telefoni” raqamiga murojaat qilgan.

Mazkur murojaat Xiva shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijasida iste’molchining manfaatlarini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rilib, televizorga servis xizmati ko‘rsatilishi ta’minlandi.

Natijada fuqaro B.M.ning murojaati ijobiy hal qilindi.

Iste’molchilarning huquqlari buzilgan holatlarda tegishli tartibda murojaat qilish va o‘z qonuniy manfaatlarini himoya qilish imkoniyati mavjud.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening