Выберите язык

Noqonuniy ravishda kartadan yechib kelingan pullar iste’molchiga qaytarildi.

Xorazm viloyati fuqarosi Shavkat Sa’dullayev O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasining 1091 qisqa ishonch telefoniga murojaat yo‘llagan.

Fuqaro To‘rtko‘l tumanidagi "I" savdo do‘konidan muddatli to‘lov asosida muzlatgich va suv quduqlarini sotib olgan.

Shartnomaga muvofiq oylik to‘lov 1 366 800 so‘m bo‘lishi kerak edi, biroq uning plastik kartasidan har oyda 1 387 302 so‘m (ya’ni har oyda 20 502 so‘m ortiqcha) pul yechib olinib turgan.

Do‘kon xodimlari bunga karta "I" do‘koni bilan shartnoma asosida ishlaydigan bank kartasi bo‘lmagani uchun 1% soliq olinishini aytib tushuntirishgan.

"Step towards a brighter future" MCHJ rahbari A.Sadullayev imzolagan rasmiy ma’lumotnomada shartnomaning 8.3-bandiga muvofiq qarzlarni akseptsiz chiqarib olish huquqi ko‘rsatib o‘tilgan.

Natijada, To‘rtko‘l tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi U.A.Erdjanovning aralashuvi bilan fuqaroning murojaati qonuniy va haqqoniy tarzda o‘rganilib, ijobiy hal qilib berildi.

Agar siz ham hayotingizda shunday holatlarga duch kelsangiz, O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasining qisqa 1091 ishonch telefoniga murojaat qiling!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening