Выберите язык

12,7 MILLION SO‘MLIK AVTOMOBIL TA’MIRI

Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida yashovchi fuqaro o‘ziga tegishli “Captiva” rusumli avtomobilining dvigatel qismida nosozlik yuzaga kelgani sababli Chust tumanidagi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchalaridan biriga murojaat qilgan.

Avtomobil usta tomonidan 12 million 700 ming so‘m evaziga ta’mirlangan.

Biroq avtomobil ta’mirdan so‘ng qariyb 10 ming kilometr yo‘l bosgach, dvigatel qismida yana nosozlik yuzaga kelgan. Shundan so‘ng fuqaro B.T. avtomobil ustasi N.A. bilan telefon orqali bog‘lanib, holatni tushuntirgan. Usta esa avtomobilni qayta ta’mirlash uchun qo‘shimcha mablag‘ talab qilgan.
Ustaning javobidan qoniqmagan iste’molchi O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 — Ishonch telefoni orqali murojaat yo‘llagan.

Mazkur murojaatni qonun doirasida o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida u Chust tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisiga biriktirildi.
Murojaat yuzasidan jamiyat raisi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasi ustasi N.A. bilan uchrashib, unga O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni talablari va iste’molchi oldidagi majburiyatlari yuzasidan tushuntirish berdi.

Olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida avtomobil ustasi o‘z xulosasini chiqarib, fuqaro B.T.ga tegishli “Captiva” rusumli avtomobilning dvigatel qismini qo‘shimcha haq talab qilmasdan, bepul qayta ta’mirlab, soz holatga keltirib berdi.
✅ Natijada iste’molchining murojaati ijobiy hal etilib, uning qonuniy manfaatlari himoya qilindi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening