Выберите язык

MIRBOZOR BOZORIDA ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARI BO‘YICHA MONITORING O‘TKAZILDI
Narpay tumanida iste’molchilar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, savdo hamda xizmat ko‘rsatish sohasida belgilangan talablarning bajarilishini ta’minlash maqsadida o‘rganish va monitoring ishlari olib borilmoqda.
Navbatdagi o‘rganish ishlari Narpay tumani IIB boshlig‘i hamda Narpay tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi boshchiligida Mirbozor bozorida tashkil etildi.
Monitoring davomida bozordagi savdo rastalari va shoxobchalari ko‘zdan kechirilib, iste’molchilarga realizatsiya qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddati, saqlanish sharoitlari hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi o‘rganildi.
Shuningdek, bozor hududida faoliyat yuritayotgan oshxonalar va boshqa umumiy ovqatlanish shoxobchalarida sanitariya qoidalariga amal qilinishi, oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanishi, tayyorlanishi hamda iste’molchilarga xavfsiz va sifatli xizmat ko‘rsatilishi holati monitoring qilindi.
O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish hamda savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida qonuniy talablarning bajarilishini ta’minlashga qaratilgan bunday o‘rganishlar davom ettiriladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening