Выберите язык

      14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Tomdi tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Yoshlar markazida tashkilotlar ishchi-xodimlari o‘rtasida shaxmat musobaqasi tashkil etildi.Mazkur musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad bayramni munosib nishonlash, xodimlar o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlash hamda intellektual sport turi bo‘lgan shaxmatni keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi. Musobaqa jarayonida ishtirokchilar o‘z bilim va mahoratlarini namoyon etib, qizg‘in va murosasiz bellashuvlar olib bordilar.Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi. Ushbu musobaqa ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashish bilan birga, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishiga xizmat qildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening