Выберите язык

Pop tumanidagi maktablarda o‘qituvchilar ishtirokida davra suhbatlari tashkil etilib, iste’molchilarning huquqlari hamda 1091 ishonch telefoniga murojaat qilish tartibi bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.

Mazkur tadbirlar davomida o‘qituvchilarga iste’molchi sifatida o‘z haq-huquqlarini bilish, ularni himoya qilishning amaliy mexanizmlari hamda kundalik hayotda uchraydigan muammolarni hal etish yo‘llari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, 1091 ishonch telefoni orqali murojaat qilish imkoniyatlari, murojaat yuborish tartibi va undan foydalanishning afzalliklari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Davra suhbatlari jarayonida o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan aniq va asosli javoblar berildi.

Mazkur targ‘ibot tadbirlari o‘qituvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning o‘quvchilarga to‘g‘ri yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishida muhim ahamiyat kasb etadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening