Выберите язык

15-mart — Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni munosabati bilan Namangan viloyatida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

15-mart — Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni munosabati bilan Namangan viloyati Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi hamda tuman va shahar jamiyatlari tomonidan joylarda keng qamrovli o‘quv seminarlari, davra suhbatlari va targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

O‘tkazilgan seminarlarda fuqarolar, yoshlar, mahalla faollari, ta’lim muassasalari xodimlari hamda turli soha iste’molchilari ishtirok etib, ularga iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik, amaldagi tartib-qoidalar hamda iste’molchilarning huquq va majburiyatlari haqida batafsil tushunchalar berildi.

Tadbirlar davomida ishtirokchilarga iste’molchi sifatida o‘z huquqlarini bilish, sifatli mahsulot va xizmatlardan foydalanish, shartnoma tuzishda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni qonuniy tartibda hal etish yo‘llari haqida zarur tavsiyalar berildi.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan Butunjahon iste’molchilar huquqlari kunining ahamiyati, ushbu sana iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish yo‘lida xalqaro miqyosda muhim o‘rin tutishi, mamlakatimizda ham iste’molchilar huquqlari davlat himoyasida ekanligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

O‘quv seminarlari davomida fuqarolar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berilib, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi ham tushuntirildi.

Bunday targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishdan asosiy maqsad — aholining huquqiy savodxonligini oshirish, iste’molchilarni o‘z huquqlarini himoya qila oladigan darajaga yetkazish hamda jamiyatda adolatli va shaffof iste’mol muhitini shakllantirishdan iboratdir.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening