Выберите язык

        Navoiy shahrida yashovchi fuqaro S. M 2026 yil 16 mart kuni Federatsiyaning 1091 ishonch raqamiga og‘zaki murojaat qilib, unda Navoiy shahrida joylashgan savdo do‘konidan 8 000 000 so‘mga sotib olingan Loretto rusumli televizor nosoz chiqqanidan shikoyat qilgan.

       Fuqaroning ta’kidlashicha, u muammo yuzasidan savdo do‘koniga bir necha bor murojaat qilgan bo‘lsa-da, savdo xodimlari tomonidan masala o‘z vaqtida hal etilmagan va iste’molchi ancha ovora qilingan.

       Mazkur murojaat asosida Navoiy shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida murojaat asosli ekani aniqlandi.

     Natijada iste’molchining huquqlari tiklanib, 8 000 000 so‘mlik nosoz televizor yangisiga almashtirib berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening