Выберите язык

         Xatirchi tumani M. Ulug‘bek hududida yashovchi fuqaro X.T. O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch raqamiga murojaat qilib, “Tumangaz” bo‘limi tomonidan suyultirilgan gaz balloni o‘z vaqtida yetkazib berilmayotganidan shikoyat qilgan.

      Mazkur murojaat Xatirchi tuman IHHQJ  tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida tegishli tashkilot xodimlariga iste’molchining qonuniy manfaatlari tushuntirildi va muammoni bartaraf etish choralarini ko‘rish yuzasidan amaliy ishlar olib borildi. Natijada fuqaroning murojaati ijobiy hal etilib, unga suyultirilgan gaz balloni o‘z vaqtida yetkazib berilishi ta’minlandi.

       Hurmatli iste’molchilar! Agar siz ham kommunal xizmatlar bilan bog‘liq muammolarga duch kelsangiz, O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining hududiy bo‘limlariga yoki 1091 ishonch raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening