Выберите язык

15-mart — Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni munosabati bilan Oltinsoy tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tumandagi 4-son umumta’lim maktabida, shuningdek Qiziriq tumanidagi 19-son umumta’lim maktabida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv, o‘quv seminari hamda bayram tadbirlari tashkil etildi.

Tadbirlar davomida ishtirokchilarga “Iste’molchi kim?” mavzusida ma’ruza qilinib, iste’molchilarning huquq va majburiyatlari, sifatli mahsulot tanlash, xizmatlardan to‘g‘ri foydalanish, shuningdek huquqbuzarlik holatlarida murojaat qilish tartibi haqida batafsil tushuntirishlar berildi. O‘quvchilar bilan savol-javoblar o‘tkazilib, ularning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan tavsiyalar berildi.

Shuningdek, tadbir davomida mamlakatimizda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohada olib borilayotgan targ‘ibot ishlari hamda fuqarolar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi. Ishtirokchilarga iste’mol madaniyatini oshirish, har bir xaridda hushyor bo‘lish va zarur hollarda tegishli tashkilotlarga murojaat qilish muhimligi ta’kidlandi.

Mazkur tadbirlarning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish, iste’molchilar huquqlariga hurmat ruhini shakllantirish hamda jamiyatda adolatli va shaffof iste’mol muhitini qaror toptirishdan iborat bo‘ldi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening